Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasida ishlagan.
Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori vazifasida ishlagan Hakim Dolimov hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bir paytda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ham hisoblanadi.
Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar shahar hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi 20 ga yerni auksionga chiqarib, egalik huquqini rasmiylashtirishda yordam berishini aytgani va bu uchun 1 million dollar pora olgani aniqlandi. U qamoqqa olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon viloyati Baliqchi tumanida hokim o‘rinbosari va tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan.
Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U fuqaro bilan kelishib, tadbirkorga shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 200 gektar yer olib berishni va’da qilgan va buning uchun 200 ming dollar so‘ragan.
Farg‘onaning Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi holatni qoralagandi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.
Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Oybek Hamrayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.
Vaqtincha poytaxt hokimi bo‘lgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval ham hokim o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 33 yoshli o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev YTHga uchrashi oqibatida vafot etdi.
Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Boboqulov tungi vaqtda o‘zining boshqaruvida bo‘lgan xizmat mashinasida piyodani urib yubordi. Buning oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 7 yilgacha qamalishi mumkin.
DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting